Avtomobil yoqilg‘i quyish shahobchasidagi holat
Assalomu alaykum! 1. Shahobchaga odatiy xaridorlardan tashqari benzinni ko‘p miqdorda, qonunan mumkin emasligini bilib turib, yashirincha qayta-qayta kelib oladiganlar ham bor. Masalan, ular bir kunda zapravka ishchilariga qanchadir pul “qistirib”, 1dan 10.000 tonnagacha benzin olib, uni kimlargadir qimmatroqqa sotishadi va bu orqali foyda topishadi. Bu ishni kasb qilib olganlari ham bor. Asosan bu ish bilan benzin tanqis paytida shug‘ullanishadi. Benzin tanqis bo‘lishi bir bo‘lsa, shunaqalar tufayli zapravka tez yopiladi va qolgan xaridorlaga etmay qoladi. Tanqis bo‘lmay bemalol bo‘lgan paytlarda esa zapravkani yopilishiga ta’sir qilmaydi va qolganlarga zarari tegmasa kerak. Eshitishimcha tanqis paytda asosan viloyatlarga tarqatishadi, chunki u erlarda benzin masalasi katta muammo bo‘lib qoladi.
2. Keyin, “gazi bor mashinalarga 5 litrdan oshiq benzin sotilmasin” degan qonunda ishlanadi. Bunga sabab ham benzinfurushlarni oldini olish bo‘sa kerak. Shunaqa paytlarda ular ham pul qilish uchun zapravka ishchilariga pul “qistirib” 1-10 marta bakini to‘ldirib ketib, viloyatlariga oborib benzinsiz qiynalayotgan odamlarga qimmatga sotishadi. Shu ishlar zapravka xodimi uchun ham, shug‘ullanayotganlar uchun ham to‘g‘rimi? Mana shu holatlani o‘rgangan holda javoblaringizni kutamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yuqoridagi ishlarning hech biri to‘g‘ri emas. Birinchi savoldagi aytgan ishingiz: narxni sun’iy ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi, hamda minglab odamlarning haqqini egan bo‘ladi. Bularning ikkisi ham haromdir. Evaziga topgan pullari ham harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:33 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat