Kuniga 100 tavxid kalimasi
Assalomu alaykum! Tavhid kalimasini kuniga 100 marta o‘qigan inson 10 ta qul ozod qilganlik savobini olishi haqida hadis bormi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ فِي يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ كَانَتْ لَهُ عَدْلَ عَشْرِ رِقَابٍ، وَكُتِبَتْ لَهُ مِائَةُ حَسَنَةٍ، وَمُحِيَتْ عَنْهُ مِائَةُ سَيِّئَةٍ، وَكَانَتْ لَهُ حِرْزًا مِنَ الشَّيْطَانِ يَوْمَهُ ذَلِكَ حَتَّى يُمْسِيَ، وَلَمْ يَأْتِ أَحَدٌ أَفْضَلَ مِمَّا جَاءَ بِهِ إِلَّا أَحَدٌ عَمِلَ أَكْثَرَ مِنْ ذَلِكَ. وَمَنْ قَالَ: سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ فِي يَوْمٍ مِائَةَ مَرَّةٍ حُطَّتْ خَطَايَاهُ وَلَوْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir kunda yuz marta «Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva alaa kulli shay’in qodiyr» desa, bu uning uchun o‘nta qulni ozod qilishga barobar bo‘ladi, unga yuzta hasana bitiladi va undan yuzta yomonlik o‘chiriladi. Bu unga shu kunda shaytondan himoya bo‘ladi. O‘sha hol kech kirguncha davom etadi. Hech kim u qilgan narsadan afzalroq narsa qila olmaydi. Kim bundan ko‘proq qilgan bo‘lsa, mustasno.
Kim bir kunda yuz marta «Subhanallohi va bihamdihi» desa, uning xatolari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham o‘chiriladi», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Uning O‘zi yolg‘izdir, sherigi yo‘qdir. Mulk Unikidir. Hamd Unikidir. U har bir narsaga qodirdir».
Bu hadisi sharifda alohida so‘zlar va jumlalarni ma’lum adadda zikr qilish haqida gap bormoqda. Demak, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan iboralar ila sanab zikr qilish ham katta savobga, gunohlarning kechirilishiga va boshqa foydalarga molik ekan. Bu ishlarni qilgan odam ayni sunnatga muvofiq ishni qilgan bo‘ladi.
Zikrning qanchalar oson yo‘l bilan katta fazllarga erishtiradigan omil ekanini ushbu hadisi sharifda yaqqol ko‘rib turibmiz.
Bir kishi bir kunda yuz marta «Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva alaa kulli shay’in qodiyr» desa, ana shunday ulug‘ fazlga ega bo‘ladi. Bu amalni qilish uchun o‘tirgan, yotgan, yurib ketayotgan yoki o‘zi uchun foydali bo‘lgan biror ishni qilib turgan holda tili va dili bilan bir necha daqiqa zikr qilsa, bas. Ana shunday nihoyatda sodda va engil ishni qilgan odamga quyidagi narsalar va’da qilinmoqda:
1. Bu uning uchun o‘nta qulni ozod qilish bilan barobar bo‘ladi.
2. Unga yuzta hasana bitiladi.
3. Undan yuzta yomonlik o‘chiriladi.
4. U o‘sha kuni shaytondan saqlanadi.
5. O‘sha hol kech kirguncha davom etadi.
6. Hech kim undan ko‘ra afzal narsa qila olmaydi.
Har birimiz gunohlarimizning o‘chirilishi uchun har qanday og‘ir ishni qilishga ham tayyormiz. Ammo buning juda oson yo‘li bor ekan. O‘sha yo‘lni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ko‘rsatib:
«Kim bir kunda yuz marta «Subhanallohi va bihamdihi» desa, uning xatolari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham o‘chiriladi», dedilar».
Mana shu juda ham oson ishni o‘ziga kundalik vazifa qilib olgan odam ulkan baxt sohibi bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:37 | Savol-javoblar | 203 | Duolar