Basseyn suvi

Assalomu alaykum! 1. Uyimizda basseyn bor. Unda juda ko‘p bolalar kelib cho‘milib ketishadi. Uydagi kattalar xam bazida cho‘milishadi. Kim qanday xolda pok yoki nopok xolda cho‘milayotganini albatta bilmaymiz. Cho‘milayotganda suvga sho‘ng‘iganda yoki suzayotganda burunga suv kirib ichga o‘tib ketadi. Shunda xarom suv ichga kirgan xisoblanadimi?

2. Bazida ukalarimni va kichkina bolalarni cho‘milishini tomosha qilib o‘tirganimizda basseynni suvlari kiyimga sachraydi. Shu kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Baseynning yuza sathi 100gaz(1 gaz 46sm) bo‘lsa, unga tushgan najosat suvni najosat qilmaydi. Baseyn doira shaklida yoki to‘rt burchak bo‘lishidan qat’iy nazar. Tahminan 4.5metrga 4.5 metr. Agar tozalanib turilsa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar