Jonliq so‘yishda niyat

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz tomonlarda odamlar «arvohi pir» degan narsa qilishadi, yani avto mashina olsami yoki dehqonchilik qilsami, shu ishlarni qilish oldidan tovuq so‘yishadi va undan taom tayyorlashadi. Men ulardan nega «arvohi pir» deysizlar desam arvohlarni haqqiga deb aytishadi va Alloh yo‘lida deb so‘yishadi. Keyin yana shu tamoni meni e’tiborimni tortdiki, niyatini bir qismida meni tushunishim bo‘chicha «arvohlari pir»lardan madad so‘rash ham bor ekan chamamda, bunda qaydidir manoda Allohga kimnidir sherik qilish bo‘lib qolmaydimi? Shunda men “nima so‘ysangiz ham Alloh yo‘lida deb so‘yib Allohni O‘ziga tavakkal qilib qo‘yavering. Nima qilasiz qaysidir ma’noda «arvohi pir» lardan madad so‘rab” desam, menga sendan qanchadan qancha ilmli odamlar ham buni ma’qul deb aytishgan dedi. Savolim shundan iboratki shu haqda bi’roz tushuncha bersangizlar. Savolim cho‘zilib ketgan bo‘lsa uzr. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi ishlar harom amalga kiradi. Buni tezdan to‘xtatish kerak. Bunda jonvorni garchi “Bismillah”ni aytib so‘ysa ham so‘yilgan hayvonning go‘shti harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:27 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar