Rizqdan norozilik

Assalomu alaykum! Alloh Qur’oni karimda: «Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki qaytsalar», degan (Sajda surasi, 21 oyat). Bugun ko‘pchilikka nazar solsam, ko‘pchilikni tilida qiyin bo‘lib ketti, dollar oshgan, qimmatchilik kabi gaplar. Lekin ilmli, taqvodor kishilarda esa bunday gaplarni eshitmayman. Bu rizqning kamligi o‘zimizning dindan uzoqligimiz uchun emasmikan?  Buyuk azobdan oldin, yaqin azobni Alloh bizga riqzni kamaytirib yubormayapdimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U oyatdan qabrdagi azob iroda qilingan. Inson hayot ekan rizqini etkazib berish Alloh taoloning zimmasidadir. Qolgan orzu-havas, isroflarni deb qarzga botish bandaning ixtiyoridagi ish. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:09 | Savol-javoblar | 134 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar