Jinsiy yaqinlik odoblari
Assalomu Alaykum Shayx hazratlari. Har bir musurmon uz jufti bilan birga bo‘lgandan so‘ng uzlarini xarom xisoblab g‘usul qilishadi. Ular bu ishni qilishdan oldin xalol bo‘ladilarmi? Yoki bu ishni bajarishniham uziga yarasha farz, sunnatamallari yoki duo uqish kerakmi? Javobingiz uchun oldindan raxmat...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Odamning siz aytgan holatini halol yoki harom deyilmaydi balki pok yoki nopok deyiladi. Bunday holatdagi shaxsni shar’iy kitoblarda junub deb ataladi. «Junub» so‘zi lug‘atda chetda turuvchi, ma’nosini anglatadi. Shariatda esa jinsiy yaqinlik, uyquda bulg‘anish va boshqa sababga ko‘ra maniy chiqarib, g‘usl vojib bo‘lgan shaxsga aytiladi. G‘usl vojib bo‘lgan odam namozdan, Qur’ondan, masjiddan va shariat ko‘rsatgan boshqa narsalardan chetda bo‘lgani uchun ham «junub» nomini olgan. JINSIY YaQINLIK ODOBLARI Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Agar biringiz o‘z ahliga yaqinlik qilishni iroda qilgan paytida, «Bismillahi. Ey bor Xudoyo, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytondan bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin», desa, albatta, agar o‘shandan ularga farzand beriladigan bo‘lsa, unga shayton abadiy zarar etkaza olmaydi».Beshovlari rivoyat qildilar.Jufti haloliga jinsiy yaqinlik qilayotgan kishi ushbu duoni o‘qishi lozim. O‘shanda shaytonning sharridan poklangan bo‘ladi. Mabodo, o‘sha yaqinlikdan oralarida farzand paydo bo‘ladigan bo‘lsa ham u bolaga hech qachon shayton zarar etkaza olmaydigan bo‘ladi. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Yalang‘och bo‘lishdan saqlaninglar. Chunki, siz bilan qazoi hojat va er kishi o‘z ahliga borgan paytdan boshqa vaqtda hech ajralmaydigan shaxslar bo‘ladi. Bas, ulardan hayo qilinglar va ularni ikrom etinglar» - dedilar». Termiziy odob bobida rivoyat qilgan.Bu rivoyatda faqat ikki holatdan boshqa paytda odamdan ajralmaydiganlar, deb aytilayotgan shaxslar farishtalardir. U farishtalarning ba’zilari kishini turli balo ofatlardan qo‘riqlab tursalar, ba’zilari qilgan amallarini yozib turadilar. Shuning uchun ham mo‘’min-musulmonlar o‘sha farishtalarni rioyasini qilib turishlari kerak. Shariat ruxsat bermagan holatlarda hech avratlarini ochmasliklari lozim. Farishtalarga ozor bo‘lib tushmasin. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yahudiylar, agar erkak xotiniga orqa tomondan oldiga yaqinlik qilsa bola g‘ilay bo‘ladi, der edilar. Shunda «Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekanzoringizga xohlagan tomoningizdan keling», oyati nozil bo‘ldi». To‘rtovlari rivoyat qildilar. Jinsiy tarbiya muhim masalalardan bo‘lgani uchun Alloh taolo uni Qur’onda zikr qilgan. Doim bo‘ladiganidek, o‘sha paytlarda ham bu nozik va o‘ta hassos masalada odamlar ichida bo‘lar-bo‘lmas gaplar chiqib turar edi. Jumladan, ahli kitob, madaniyat sohibi sanalgan yahudiylar ham turli diydiyolarni tarqatib turar edilar. Ular, agar er xotinining oldiga orqa tarafidan turib yaqinlik qilsa bolasi g‘ilay tug‘iladi, degan gapni tarqatgan edilar. Alloh taolo yuqorida zikr etilgan oyatni nozil qilib ularning gaplari botil ekanini bayon etdi. Qaysi tomonidan bo‘lsa ham ekin - bola bo‘ladigan joyga bo‘lsa bo‘ldi. Bolaning qandoq bo‘lishiga yaqinlik qilish holati sabab bo‘lmaydi. Sunan egalari rivoyatida:«Kim ayol kishining orqasiga yaqinlik qilsa mal’undir» deyilgan.O‘z xotining oldini qo‘yib orqasiga yaqinlik qilish katta gunohdir. Undoq odam Alloh taoloning la’natiga uchraydi. Chunki bu shar’an harom qilingan ishdir. Shariatda harom qilingan ishni qilgan odam esa, la’natga uchraydi, Allohning rahmatidan quviladi.Ali ibn Tolq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir a’robiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:«Ey Allohning Rasuli, bizdan bir kishi ochiq joyda bo‘ladi. Undan hid chiqadi. Suv oz bo‘ladi» , dedi.«Qachon biringiz hid chiqarsa, tahorat qilsin, ayollarning orqalariga yaqinlik qilmanglar! Albatta, Alloh haqdin hayo qilmas», dedilar». A’robiylar, sahro tabiatli bo‘lganlari uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima to‘g‘ri kelsa tortinmasdan so‘rayverar edilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan doimo birga bo‘ladigan sahobiylar ham, a’robiylar kelib, biror narsa so‘rashsa edi, biz ham foydalanib qolar edik, deyishib turishar edilar. Mana bir a’robiy kelib, a’robiychasiga savol so‘rdi. Uning savoli hid chiqargan odam tahorat qilmay qo‘yaversa bo‘lavermaydimi? - degan ma’noda edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hid chiqargan odam tahorat qilishi shart ekanligini ta’kidlash bilan birga, boshqa bir muhim masalani ham aytib o‘tdilar. U ham bo‘lsa ayol kishining orqasiga yaqinlik qilmaslik. Bu muhim masala, buni erkagu ayol, har bir shaxs bilmog‘i kerak. Chunki, bu halol-haromga, gunohga tegishli masala. Buni uyat gap, deb aytmay ketadigan masala emas. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mazkur gapni aytganlaridan keyin, albatta, Alloh haqdin hayo qilmas, deb ilova qilib qo‘ydilar. Xuddi shu ma’no bizning tilimizga, shariatda sharm, yo‘q, deb tarjima qilingan. Halol-harom, gunoh-savobga bog‘liq bo‘lgani uchun ba’zi oddiy holatlarda uyatli hisoblangan gaplarni ham gapirishga to‘g‘ri kelishi shundoh izohlanadi.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Erkak yoki ayol kishining orqasiga yaqinlik qilgan kishiga Alloh nazar qilmas», dedilar». Ikkovini Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.Ushbu rivoyatda zikr qilingan ish eng munkar ishlardan ekanligi, uni insonlik tabiatidan chiqib ketgan mal’unlar qilishi mumkinligi hammaga ma’lum va mashhur.
20 Aprel 2022, 18:51 | Savol-javoblar | 408