Payg‘ambarimizga tuxfa namoz

Assalomu alaykum! Shom namozidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikki rakat tuxfai rosul deb namoz o‘qish joyizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shom namozidan keyin ikki rak’at «Avvobiyn» namozi o‘qiladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida bu namoz aynan shunday nom ila zikr qilingan. Ba’zi bir o‘ziga tariqat shayxligi nisbatini beradigan muhtaramlar bu namozni nima sababdan «Tuhfai rasul» deb nomlab olganlarining sababini bila olmadik. (“Tasavvuf haqida tasavvur” kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 197 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar