Telegramdagi savdo

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh martabangizni ulug‘ qilsin. Savolim quydagicha, telegramda gruppa ochib, turkiya bilan hamkorlikda ishlasa, ya’ni turkiyadagi tsexlaridan optom narxda mahsulotlari zakaz qilib, Toshkentda ustiga qo‘yib donalab sotish joizmi? Masalaning bir tarafi molni qo‘lga olmasdan turib sotiladi, rasmga qarab zakaz qilinadi.  Shu ish bilan shug‘ullanishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz xaridorlarga kimligingizni ochiq-oydin ayting. Ya’ni bu narsalar qo‘lingizda emasligi va buyurtma berishsa olib keltirib berishingizni ayting. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar