Namoz o‘qish mumkin bo‘lgan joylar

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men moskva shahrini ko‘zga ko‘ringan mexmonxonalaridan birida tozalovchi bo‘lib ishlayman. Agar xonalarni yig‘ishtirayotganimda namoz vaqti bo‘lib qolsa ana shu xonada o‘qisam bo‘ladimi? So‘raganimning boisi, xonada mendan oldin har qanday holat bo‘lgan bo‘lishi mumkinku? Shu meni o‘ylantiryapti. Oldindan javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namoz o‘qiydigan joy pokiza bo‘lsa, joizdir.

26 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar