Imom tanlash yoki ko‘nglim to‘lmagan namozim
Assalomu alaykum! Men avallari namozlarmi to‘g‘irlab Alloh qodir qilginucha to‘liq qilib o‘qishni o‘rgangunimcha uyda o‘qirdim hozirda esa hufton namozini masjida o‘qishga odatlandim bo‘sh vaqtim bo‘lsa masjidda o‘qishga harakat qilaman Uyimga yaqin joidagi masjidning imomi qiroati juda go‘zal Alloh ziyoda qilsin shu domla imomlikka o‘tganda dilim yayraydi namozimdan ko‘nglim to‘ladi hatto ko‘zimga yosh to‘ladi lekin bazida boshqa domla ham kelib yoki masjid mutavallisi imomlikka turadi shular imomlikka o‘tganda o‘qigan namozimdan ko‘nglim to‘lmaydi ichimda tugun paydo bo‘gandek bo‘ladi savolim shundayki 1. Masjidga chiqishdan maqsad namoz emas balki domlani qiroatini eshitish bo‘lib qolmaydmi 2. Ko‘nglim to‘lmagan namozlarimni qayta o‘qiymanmi 3. Agar qaerdadur hato qilsam yoki fikr doiramni o‘zgartirish kerak bo‘lsa o‘rgatinglar iltmos fikrimni bir joiga jamlay olmayapman har namoz boshlaganmda hufton namozi qazo bo‘pqomadimkin deb ikkilanyapman sizlardan Alloh roziy bo‘lsin adashishlikdan yiroqda qisin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibodatni maqsad qilib masjidga chiqishingizning o‘zi katta ish. Shaytonni vasavasasiga aldanib qolmang. Nima bo‘lsa ham ko‘proq jamoatga chiqishga harakat qiling. Imom bo‘lgan domlaning qiroati tajvidli bo‘lib va namozni ruknlarini to‘liq ado qilsa ko‘nglim to‘lmayapti degan narsaga e’tibor bermang. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 131 | Namoz