Odam qo‘shaganingiz uchun haq bersa harommi
Assalomu alaykum! Meni sinfdoshim yaqinda menga greenleaf degan korparatsiya taqdimotiga taklif qildi men unda qatnashdim . Aytilishicha Avval korparatsiya hamkoriga aylanasiz (4 mln dan oshiq pul to‘lab bir martalik to‘lov orqali ) shundan siz korparatsiya bilan hamkorlik shartnomasini imzolanadi. Unga muofiq siz boshida qilgan 4mln dan oshiq puliz ni olgan korparatsiya sizga elektron hamyon ochib beradi va unga 15 mln tashlaydi siz esa ushbu puldan korparatsiyani 4000 dan ortiq maxsulotini 50% dan 70% gacha sotib olishiz mumkin . Va yana bir tomoni shuki agar siz o‘ziz shu korparatsiya hamkori bo‘lishi uchun 2 ta do‘st taklif qilsangiz sizga korparatsiya 100$ beradi va siz taklif qilganlar ham yana taklif qilsa undan yana sizga pul mablag‘i tushadi . Demak menga tushgan pullardan men korparatsiya maxsulotini olib sotishim mumkin va har oyda qanchadir maxsulot dan keyinmi sovg‘a keladi ... . Keyin meni qiziqtirgan savolllarim shuki; 1.masalan: Agar men taklif qilgan inson yana o‘zi ham taklif qilsa menga tushgan pul halolmi? 2. Agar men taklif qilmasam ham men o‘zim kimnidir orqali hamkor bo‘lsa meni taklif qilgan odamga tushgan pulchi bunda ham men ham aybdor bo‘lamanmi? Bundan tashqari har 6 oyda korparatsiya tomonidan har xil aksessuarlar xodimlarga sovg‘a bo‘ladi agar ko‘proq odam taklif qilgan bo‘lsa va yana nimadir shartlar bor bu qimormasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni “hamkoriga aylanasiz” deb aldashgan. Bu tarmoqli marketing hisoblanib, Dunyo Musulmon Ulamolari Kengashi bu savdo turini harom deb fatvo berganlar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:43 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni “hamkoriga aylanasiz” deb aldashgan. Bu tarmoqli marketing hisoblanib, Dunyo Musulmon Ulamolari Kengashi bu savdo turini harom deb fatvo berganlar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:43 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom