40 million ajr hadisi sahihmi

Assalomu alaykum! Sizlardan mana shu hadisni sahihmi yoki yo‘q shuni bilish uchun yozyapman. Tamiym Ad-Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. Termiziy(3473). Ahmad(16952). Tabaroniy Kabiyr(1278). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim 10 marta ashxadu alla ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah ilahan vaxidan axadan samodan lam yattahiz sohibatan va la valadan va lam yakullahu kufuvan ahadun ni aytsa unga 40 million ajr yoziladi diyilgan. Shunga oydinlik kiritip bersalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadis juda zaifdir. Sunani Termiziyda quyidagicha kelgan:حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنِ الْخَلِيلِ بْنِ مُرَّةَ، عَنْ أَزْهَرَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ تَمِيمٍ الدَّارِيِّ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: «مَنْ قَالَ: أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، إِلَهًا وَاحِدًا، أَحَدًا صَمَدًا، لَمْ يَتَّخِذْ صَاحِبَةً وَلَا وَلَدًا، وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا أَحَدٌ، عَشْرَ مَرَّاتٍ، كَتَبَ اللَّهُ لَهُ أَرْبَعِينَ أَلْفَ أَلْفِ حَسَنَةٍ».هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ لَا نَعْرِفُهُ إِلَّا مِنْ هَذَا الْوَجْهِ.وَالْخَلِيلُ بْنُ مُرَّةَ لَيْسَ بِالْقَوِيِّ عِنْدَ أَصْحَابِ الْحَدِيثِ؛ قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ: هُوَ مُنْكَرُ الْحَدِيثِ.Bizga Qutayba ibn Sa’d hadis aytib berdi. U dedi: «Bizga Lays hadis aytib berdi». U Xalil ibn Murradan, u Azhar ibn Abdulohdan:
Tamiym Doriydan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim o‘n marta «Ashhadu allaa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, ilahan vohidan, ahadan, somadan, lam yattaxiz sohibatan va laa valadan, va lam yakun lahu kufuvan ahadun» desa, Alloh unga qirq million hasana yozadi», dedilar».
Bu hadis g‘arib, uni bu yo‘ldan boshqasidan bilmaymiz. 
Xaliyl ibn Murra ahli hadisning nazdida kuchli (roviy) emas. Muhammad ibn Ismoil u haqida: Munkarul hadis, degan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:43 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar