Faqat ibodatni g‘am qilish

Assalomu alaykum! Hamma g‘amini Allohning ibodatiga bag‘ishlaydigan odamni qolgan hamma g‘amlarini Alloh O‘z zimmasiga olib, muammolarini hal qilib berishni va’da qilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir kasbni qilib, qolgan ishlarda ham sabablarini qilib, natijani Alloh taologa havola qilsa, Alloh O‘zi kifoya qilishini va’da qilgan. عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ : سَمِعْتُ نَبِيَّكُمْ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ : مَنْ جَعَلَ الْهُمُومَ هَمًّا وَاحِدًا هَمَّ آخِرَتِهِ : كَفَاهُ اللَّهُ هَمَّ دُنْيَاهُ ، وَمَنْ تَشَعَّبَتْ بِهِ الْهُمُومُ فِي أَحْوَالِ الدُّنْيَا : لَمْ يُبَالِ اللَّهُ فِي أَيِّ أَوْدِيَتِهَا هَلَكَ. رواه ابن ماجه Abdulloh ibn Mus’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Men nabiylaringiz sollallohu alayhi vasallamning : “Kim barcha g‘amlarni bir oxiratning g‘ami qilsa, Alloh taolo uning dunyo g‘amlariga kifoya qiladi va kimning g‘ami dunyo holatlariga bo‘linib ketsa Alloh taolo uni dunyoning qaysi chuqurlarida halok bo‘lganiga parvo qilmaydi” deyayotganlarini eshitdim. Ibn Moja rivoyati. وعَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : مَنْ كَانَتْ الْآخِرَةُ هَمَّهُ : جَعَلَ اللَّهُ غِنَاهُ فِي قَلْبِهِ ، وَجَمَعَ لَهُ شَمْلَهُ ، وَأَتَتْهُ الدُّنْيَا وَهِيَ رَاغِمَةٌ ، وَمَنْ كَانَتْ الدُّنْيَا هَمَّهُ : جَعَلَ اللَّهُ فَقْرَهُ بَيْنَ عَيْنَيْهِ ، وَفَرَّقَ عَلَيْهِ شَمْلَهُ ، وَلَمْ يَأْتِهِ مِنْ الدُّنْيَا إِلَّا مَا قُدِّرَ لَهُ  . رواه الترمذي  وأبو داود وابن ماجه Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kimning g‘ami oxirat bo‘lsa, Alloh uning boyligini qalbiga solib qo‘yadi va uning ishlarini jamlab qo‘yadi. Dunyo unga xor bo‘lgan holda keladi. Kimning g‘ami dunyo bo‘lsa, Alloh faqirlikni uning ko‘z oldida qilib qo‘yadi, ishlarini tarqoq holiga solib qo‘yadi, dunyodan bo‘lsa unga taqdir qilinganidan boshqasi kelmaydi” dedilar. Termiziy, Abu Dovud va Ibn Mojalar rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:53 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar