Aqiydaviy savol
Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning rahimahullohning ,, Qu’ron ilmlari " nomli kitobining 400 betida quyidagi hadis keltirilgan: Tayolisiy, Imom Ahmad, Imom Termiziy, Ibn Moja, Ibn Jarir Ibn Munzir hamda Bayhaqiy Abu Razin Uqayliydan rivoyat qiladilar: ,, Biz Ey Allohning rasuli, Alloh taolo osmonlaru erni yaratishdan oldin qaerda edi? " deb so‘radik.Bas, u zot : ,,U a’lo degan joyda edi.Ostida ham, ustida ham havo yo‘q edi.So‘ng Arshini suv ustiga xalq qildi, " dedilar. Savol bu hadisdagi a’lo degan joy nima va qaer?Biz moturidiylar Alloh taolo biror joyda emas deb e’tiqod qilamiz. Biz moturidiylar bu hadisga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?Shu hadisni batafsil bizni moturidiylik aqidasi bo‘yicha sharhlab bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu kitobda "a’lo" deb kelgan ushbu lafz boshqa kitoblarda "a’mo", "a’ma" shaklida ham rivoyat qilingan. Imom Termiziyning sunanlarida ushbu lafzning ma’nosi haqida quyidagicha aytilgan: "Ahmad ibn Mane’ aytadi: Yazid ibn Horun: "A’mo" - ya’ni, u bilan biror bir narsa yo‘q edi." Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:43 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar