Pul yig‘ish

Assalomu alaykum! Men ishlayotgan tashkilotda to‘y qilayotgan xodim uchun boshqa xodimlardan 20 ming so‘mdan pul yig‘ib olinadi. Bu to‘yga u boradimi bormaydimi farqi yo‘q, hamma baravar so‘mmada pul beradi. Oladigan oyligi katta yoki kichikligini ham ahamiyati yo‘q, bir xildagi summa yig‘iladi va shu pulga gilam yoki boshqa sovg‘a olib 3-4 kishi borib tabriklab keladi. Bu an’ana tusiga kirgan. Bermoqchi bo‘lgan savolim shuki, kim og‘rinib beradi, kimdir 2-3 marotaba to‘y qiladi, kimdir umuman to‘y qilmasdan turib bo‘shab ketadi. Bu berilgan pul qarz hisobida qolib ketmaydimi? Shunday pulga olingan sovg‘ani olgan odamga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo bunday ishlarni to‘xtatish lozim. Bu pullar ehson sifatida berilsa, ichidan rozi bo‘lmay berayotganlarning puli o‘sha insonga halol bo‘lmaydi. Bu ishni tepasida turganlar gunohkor bo‘ladilar. Bu pullarni qarz sifatida berilsa ham majburiy ko‘rinishda bo‘lmasligi va o‘sha pul yoki undan kelgan sovg‘ani olgan shaxs ishdan bo‘shayotganda barchaga qarzni qaytarishi shart. Vallohu a’lam!

22 Iyun 2022, 01:22 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar