Aroqni tashlash
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im har kun ichadilar. Bu holat o‘zlarini ham zeriktirgan. Bir kun o‘rtoqlari issiq-sovuq bilan shug‘ullanadiganlar haqida gapiribdi. Kelib mendan sehr haqida so‘radilar. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ham sehrlaganlar dedim. Unda meni ham shunaqalarga borib aroqdan yiroqlashtir iltimos dedilar. Unaqalarga borish gunoh dedim. Aytingchi men to‘g‘ri qildimmi yoki yaxshi maqsadda sehr qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilgansiz. Sehr qilish har qanday holatda ham joiz emas. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilgansiz. Sehr qilish har qanday holatda ham joiz emas. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush