Kesilgan oyoqni nima qilish kerak?

Assalamu alaykum! Ustozlar Alloh jonlaringizni omon qilsin. Allohning xohishi bilan bir birodarmizni oyoqlarini shifokorlar kesishgan va kesilgan oyoqni qabristonga ko‘mgan ekan. O‘sha akamiz Allohning inoyati bilan kecha jon berdi. U kishni qilgan ishi to‘g‘rimi? Allohim barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! -   Kuvaytda nashr qilingan «Fiqh esklopediyasi»da «Soch, tirnoq va qonni ko‘mish» sarlavhasi ostida quyidagilar yozilgan:
«Fuqaholar jumhuri ijmo’i shulki, shaxsdan ajrab chiqqan tirnoq, soya va qonga o‘xshash narslarni ko‘miladi. Buning dalili Miyla bitni Mishrah Ash’ariyadan keltirilgan rivoyatdir: «Otam tirnog‘ini olib, uni ko‘mdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday qilganlarini ko‘rdim», dedi.
-   Ibn Binazrdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qonni dafn qilish ma’qul kelardi».
-   Ahmad aytadi: Ibn Umar ham shunday qilardi.
-   Shuningdek, ayol kishidan tushgan homila qoni va go‘shti ham dafn qilinadi».
-   Barcha fiqh kitoblarida tirik kishining o‘zidan ajragan a’zosi ko‘milishi ta’kidlangan. Bunga ko‘proq o‘g‘rining kesilgan qo‘li misol qilib keltirilgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

26 May 2022, 16:03 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar