Ijtihod haqida

Assalomu alaykum! Bir kuni bir bola bilan bahslashib qoldik. Hanafiy mazhabidagilar boshqa mazxabni ham bilib qo‘yish kerak dedi bir tanishim. Bizning diyorlarda ko‘pchilik asosan hanafiy deydi va Misrda agar adashmiyatkan bo‘lsam Al Azhar o‘qishida dedimi, o‘zi ijtihod qilishni o‘rgatadigan yo‘nalish bor ekan. Men buni eshitib hayron qoldim. Hozirgi kunda ijtihod darajisiga etkan inson yo‘q menimcha. Qanday qilib boshqa davlatlardagi o‘qishlarda bunday narsani o‘rgatishi mumkin? 1. Bu qanchalik to‘g‘ri? 2. Youtubda chiqadigan o‘sha chetdagi bizning aqidamiz haqida gapiradigan domlalarni chiqib faqat bizni diyorlarda chiqib raddiya berishadi. Chetdagilar hech kim ularga gapirmaydi deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu gapning asosi yo‘q. U tanishingiz to‘rt mazhabni o‘rganib ularning orasidan to‘g‘rirog‘ini aniqlashni o‘rgatadigan degan ma’noni aytgan bo‘lsa kerak. 2). Chet elda yurganlar ularga indamaydi degani to‘g‘ri gap emas. Ular o‘zbek tilida gapirganlari uchun va ularga raddiya bera oladiganlarning ko‘pchiligi bizning diyorda bo‘lganligi uchun shunday ko‘rinyapgan bo‘lishi mumkin. Aslida chet elda ham ularga raddiya beryapganlar anchagina bor. Hatto arab ulamolarining ba’zilari ham bugungi kunda sobiq ittifoq musulmonlarining aqidasi haqida gapiryapganlarga raddiya berishyapti. Bizning aqidamiz haqida gapiryapganlar sanoqli kishilar va aytyapgan gaplariga ulamolar allaqachon etarli raddiyalarni berib xato ekanligini bayon qilib bo‘lishgan. Bizda bu masalalar yangitdan yana fitna qilib ko‘tarilyapgani uchun shunday tuyulyapdi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:04 | Savol-javoblar | 127 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar