Dugonamning ro‘zasi

Assalomu alaykum! Har kuni sahar turib choy tayyorlab dugonamni turg‘azib ro‘za tutaman. Bugun negadir uxlab qolibman, tursam og‘iz yopilishiga 4-5 daqiqa qolibdi. Darrov suv ichib niyat qilib tutdim, 2-3 minutdan keyin azon aytildi, ulgurdim deb o‘yladim. Ammo dugonamga bo‘ldi vaqt tugadi emay-ichmay turaver, deb aytsam ham: "Meni tushunmaysan -daa mazam bo‘lmay yomon bo‘laman, chidolmayman"-dedi. Nega tushunmayman, sen tutgin, Alloh kuch-quvvat beradi, bo‘ldi hech narsa ema, bilib turib atayin eb-ichsang 60 kun kafforat tutib berishing kerak bo‘ladi, shuni istaysanmi desam ham gapimga kirmadi. Bamdod o‘qib bo‘lib nonushta qildi. Men g‘alati bo‘lib qoldim. Xullas, men emay-ichmay ro‘za tutdim, sherigim esa tutmadi. Bu holatda unga kafforat lozimmi yoki qazomi? Dugonamni o‘ylab savol bermoqdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qazo. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 03:30 | Savol-javoblar | 161 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar