Ro‘molga majburlashmi
Assalomu alaykum! Biz yosh oilamiz ayolimga ro‘mol o‘ratganman ammo gap talashib qolgan paytlarimiz ro‘mol o‘raganini ro‘kach qilaveradi. Ro‘molni siz uchun o‘raganman bo‘lmasa o‘ramasdim, Alloh uchun qachondur o‘rayman lekin hozir majburligimdan o‘rab yuribman deyaveradi. Oxiri agar men uchun o‘ragan bo‘lsang echib tashla dedim. Men nima qilay xotinimni ro‘molga majburlamadimmi? Ayolimga maslaxat bering (ba’zi paytlar etibirsizlik qilib men yo‘q vaqtlarim ro‘molsiz ham ko‘chaga chiqib ketadi).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ayolingizni shariatga amal qilishiga mas’ulsiz. Islomni go‘zal tarzda tushuntiring, imkon bo‘lsa, ayol taqvodor ustozga tanishtirib qo‘ying. “Tahrim” surasining 6-oyatida shunday deyiladi:
«Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan saqlang. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar».
Bu oyati karimada Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalarini, o‘zlarini va ahli ayollarini oxirat otashidan saqlashga buyurmoqda.
«Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahli ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan saqlang».
Mazkur o‘tdan saqlash gunohlarni tark etish va toat-ibodat qilish bilan bo‘ladi. Oxirat otash-olovi bu dunyoning olovidan farq qiladi. Uning yoqilg‘isi odamlardan va toshdan iborat bo‘ladi. Ya’ni bu dunyoda iymonga kelmay, gunoh qilib, Allohning amriga bo‘ysunmay, osiy o‘tgan bandalarning jasadi o‘sha o‘tga yoqilg‘i bo‘ladi. Faqat inson tanasi o‘zi kuysa, uncha qizimay qolmasin, deb toshni ham qo‘shimcha yoqilg‘i qilinadi. Ehtimol, ushbu oyatlar nozil bo‘lgan davrda, toshning yoqilg‘i bo‘lishi kishilarning tasavvuriga kelmagandir. Ammo toshko‘mir chiqqandan keyin tosh qanchalik yuqori issiqlik beruvchi yoqilg‘i ekani hammaga ma’lum bo‘ldi.
Do‘zaxning yana bir dahshatli tomoni – uning qo‘riqchilari qo‘pol va shafqatsiz farishtalardir.
«Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar».
Ulardan hech kim qochib qutula olmaydi. Shu bilan birga, mazkur farishtalar Alloh taologa mutlaq itoatdadirlar, nima amr qilsa, o‘shanga og‘ishmay amal qiladilar.
Ahli ayolini, farzandlarini dindor qilib tarbiyalash oila boshlig‘ining Alloh taoloning oldidagi burchi ekanligiga ushbu oyati karima yorqin dalildir. Odamlar orasida «O‘zingni bil, o‘zgani qo‘y», degan noma’qul gap yuradi. Lekin shariat bo‘yicha, er xotin uchun, ota bolalari uchun ham mas’uldir. Qiyomatda Alloh taoloning huzurida javob beradi. Ushbu oyat ma’nosida hadisi shariflar ham bor.
Hazrati Umar ushbu oyati karima nozil bo‘lgandan so‘ng: «Ey Allohning Rasuli, o‘z nafsimizni-ku saqlaymiz, ahlimizni qanday saqlaymiz?» deb so‘ragan ekanlar. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: «Alloh sizlarni nimadan qaytargan bo‘lsa, ularni ham qaytarasizlar. Alloh sizlarni nimaga buyursa, ularni ham buyurasizlar. Ana o‘sha, ularni o‘tdan saqlash bo‘ladi», deb javob berganlar.
Hazrati Ali: «O‘zingizga va ahlingizga yaxshilikni ta’lim beringlar va ularni odobli qilinglar», deb aytganlar.
Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Ey ahlim, namoz o‘qing, ro‘za tuting, zakot bering, miskinlarga, etimlarga, qo‘shnilarga yaxshilik qiling, shoyad, Alloh sizlarni jannatda birga qilsa, degan odamga Allohning rahmati bo‘lsin», deganlar.
Demak, har birimiz, oyatda aytilganidek, xotinimiz, farzandlarimiz va oila a’zolarimizning barchalarini do‘zax azobidan saqlashimiz, buning uchun ularni tarbiyalashimiz, isloh qilishimiz va bu ishda qat’iyat ko‘rsatishimiz lozim. Agar yuqoridagi amrlarga amal qilinmasa, oqibati nima bo‘lishini kelasi oyat vasflaydi. («Tafsiri Hilol» kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar