Maktabdagi xijob masalasi

Assalomu alaykum! Men maktab o‘quvchisiman. O‘quv yili boshlangandan buyon Hijob o‘rash masalasi ko‘p bo‘lyabdi savolim shundan iboratki ro‘molni bo‘yin ochiq xolda yubkamiz to‘pig‘imizga etmagan holda kiyishga ruhsat berilgan. Men bir qaror o‘qigandim qonuniy haqqingizdan foydalaning o‘quv muassasalarining nizomi ham o‘quvchilarning vijdon erkinliklariga muvofiq bo‘lishi shart. Bizning ham o‘quv muassasida hijob bo‘yicha o‘z huquimiz bormi buni qo‘llasak bo‘ladimi? 2. Yana bir savolim maktab ma’muriyatlari, direktori hijob bu arablarning libosi changdan, tuproqdan saqlanish uchun kiyib yurishadi aslida kiyish majburiy emas va o‘quvchilarni izza qilib gapirishi islomga mutlaqo zid keladigan gaplarni bizga qarshi qo‘llab gapirishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Balog‘atga etgan har bir muslima uchun nomahram erkaklar oldida satri avratda bo‘lishi farzdir. Siz ko‘proq duo qiling, ularni ham qalbiga Alloh insof va hidoyat bersin. Duoyi bad qilmang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:15 | Savol-javoblar | 193 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar