Inson a’zosini boshqaga qo‘yish
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda tibbiyot rivojlanib xattoki zarurat bo‘lganda bir inson a’zosini boshqa bir insonga ko‘chirib o‘tkazsa xam bo‘lyapti. Savolim shuki kimdir to‘satdan vafot etsa qaysidir a’zosi sog‘lom bo‘lsa shu a’zoga muxtoj sog‘ayib ketishni xoxlayotgan bir insonga ko‘chirib o‘tkazish mumkinmi? Mayitni ko‘mishdan oldin o‘sha sog‘lam a’zoni olib qolishsa buning xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! A’zolarni ko‘chirish haqida fiqh akademiyalarning fatvolari chiqqan bo‘lib, unda bu amaliyot uchun bir qancha shartlar bo‘lishi talab qilingan. Siz so‘ragan holatda o‘lgan odam shariat taklifdagi (es-xushi joyida, majburlanmagan holatda) va o‘zi tirikligida rozi bo‘lganligi sharti ila a’zoni muhtoj odamga ko‘chirishga ruxsat berilgan. Bunda a’zoning evaziga mablag‘ olish joiz bo‘lmaydi. To‘liq ma’lumot olish uchun qo‘yidagi maqolani o‘qish tavsiya qilinadi. Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/maqola/508
9 May 2022, 12:14 | Savol-javoblar | 172 | Islam