Masalalar

Assalomu alaykum! Meni Bir nechta savollar kiynab kelmokda 1) Men tibbietda ukiyman. Odam Anatomiyasini puxta urganish uchun ukituvchi rasm chizishimizni talab kiladi. Xar xil azolarni chizib urganamiz. Bu kanchalik tugri? Bu ish joizmi?. 2) Xozirgi kunda kizlar ochik sochik kiyinishmokda. Alloh xidoyat, uyat, xayo bersin ularga. Bozorga, magazinga xullas kaerga chikmang usha kizlar orka-oldingizda, chap-úng tomoningzida bor. Kancha xarakat kilmay kuzim tushadi. Bir marta bilmay kolib kuzim tushsa va zudlik bilan kuzimni olib kochsam gunox bumasligini eshitim. Ammo kaerga karamay ochik sochik kizlarda. Bu vaziyatda kanday yul tutay? Kalbim korayib ketmasiligi uchun, faxsh, zinoga kul urmasligim uchun nima kilay? Aellar xijob kiyishmasa erkaklarning kuziga xijob kiyishi befoyda deb uylayman. Onamga uylantiringlar deganay gap aytdim, ishora kildim. Institutni bitirganingdan keyin uylantiramiz deyishdi. 3) Karzni bu dunyoda kaytarmasa oxiratda kaytarishning usuli kanday? Masalan Man Bir odamga 1000 dollar karz berdim u kaytara olmasdan vafot etdi. Oxiratda men undan kancha savob talab kila olaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Odam a’zolarini bo‘lak bo‘lak qilib chizish joiz.2). Imkon borichi iffatingizni saqlab yuring. Uydagilarga gapi o‘tadigan qarindoshlarni ham ishga soling.3). Ikki guvoh va yozib olingan hujjat-dalillar bilan borib merosxo‘rlaridan talab qilasiz. Berishsa berishdi, agar dalillar bo‘libturib ham inkor qilsa unda qiyomatda olasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:15 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar