Ai marketing

Assalomu alaykum! ai marketin haqida qisqacha. Bordim gaplashdim. Muzorabaga o‘xshash narsa ekan, pul tikasiz foyda qancha bo‘lishi notayin faqad ulush kelishilgan sizga 55 platformaga 45. Siz tikkan pulizni brendlar reklamasiga sarflanar ekan. Oshgan foydadan ajratilar ekan. Bu ku tushunarli, ammo referali ham bor ekan. siz taklif qilasz taklif qilgan odamiz pulidan sizga foiz beriladi. 1. Taklif qilmasdan ishlashim mumkinmi. 2. Holis menga nima maslahat berasiz, qori bo‘lmoqchiman xarom va shubhali narsadan qo‘rqaman, qilaverin yoki qilmang deng iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni pulingizni brend mahsulotlarga tikilsa u mahsulotlar haqida sizda to‘liq ma’lumot bormi?
Shariatimizda yolg‘on guvohlik degan gunoh bor. Buning gunohi o‘ta o‘ta og‘ir. Hozirgi siz aytgan internetda pul ishlashning juda ko‘pi qaysidir kompaniyalarga odam yig‘ish bo‘ladi. Reklama qilib berish kerak bo‘ladi. Bu degani o‘sha kompaniyani mahsulotlariga, ish faoliyatlariga va halol yoki harom ekanligiga guvohlik berishdir. Musulmon odam ko‘r-ko‘rona ish tutmasligi kerak. 10 tsentni deb do‘zaxdan joy sotib olmaslik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida bundan qattiq qaytarganlar.عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِ». تَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar». عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟» قُلْنَا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ». فَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَا يَسْكُتُAbdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:15 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar