Kasbim haqida

Assalomu alaykum! Ayol kishi ayol kishini davolashi yani ginekolog kasbini tanlashi mumkinmi? Bir manbada o‘qigandim ayol kishini ayol kishilarga bo‘lgan avrati kindikdan tizzagacha bo‘lgan masofada deyilgandi yani voyaga etgan qizni kindigidan tizzasigacha boshqa bir ayol ko‘rishi ham joiz emas ekan. Ammo hozirga vaqtdagi ginekologiya sohasida bunday qoidani buzmasa kasalni davolash mumkin emas. Savolim shundan iboratki ayol kishini ginekolog bo‘lishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda tibbiy muolajalar uchun ayol kishining avratiga shifokor ayol hojat darajasida qarashiga ruxsat berilgan. Zaruratsiz yoki hojatdan tashqari u erlariga qarash mumkin emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar