Ismimni o‘zgartirishim kerakmi?

Assalomu alaykum! Mening ismim Alikjon. Ismimni qanday ma’no anglatishini bilmayman. Islomiy ism bo‘lmasa ismni o‘zgartirishlik kerak zkan. Ismimni o‘zgartirishligim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ism islomiy bo‘lmasa ismni o‘zgartirish kerak degan hukm yo‘q. Ismingizning ma’nosida Allohga shirk keltirish, kufr, ism egasini haddan oshiq poklash ma’nolari bo‘lmasa uni o‘zgartirish ixtiyoriydir. Vallohu a’lam!

14 Iyul 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 234 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar