Mashinani vikupga olib vikupga berish

Assalomu alaykum! Avto ulovni vikupga olib yana olgan odam boshqa odamga vikupga bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! «Vikupga olish» atamasidan nasiya yoki taqsit savdosini nazarda tutgan bo‘lsangiz, umumiy qoidaga ko‘ra: sotib olingan buyumni qabz qilinganidan so‘ng hali pulini to‘liq to‘lanmasidan oldin ham uchinchi shaxsga sotib yuborish joiz. O‘sha buyum garovga qo‘yilgan holatlarda yoki boshqa xos vaziyatlarda hukm o‘zgaradi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar