Musofirdagi zakot

Assalomu alaykum! Men Janubiy Koreada o‘qiyman va qo‘shimcha ishlayman ortganini Ota Onamga jo‘nataman shunda Zakot demoqchi bo‘lyapman lekin qancha qismi berishim kerak? Musofirdagi o‘qib ishlayotganlarga dinimiz Zakotni qanday tartibi bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangizga jo‘natsangiz u pullar kimniki bo‘ladi? Otangiznikimi yoki siznikimi? Ular eganicha eb qolganini sizni molingiz deb to‘plab turishadimi? Agar shunday bo‘lsa 2000 dollarga etgan bo‘lsa va bir yil bo‘lgan bo‘lsa zakotini chiqarishingiz kerak bo‘ladi. borini qirqdan birini zakot deb ajratasiz. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:44 | Savol-javoblar | 142 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar