Juma borolmagan kishilarning peshinga jamoat bo‘lishi

Assalomu alaykum! Men shaharda yashayman. Ba’zida zarurat yuzasidan qishloqqa juma kuni borishga to‘g‘ri kelib qolgan vaqtlarda Jumaga chiqolmay qolgan paytlarim ham bo‘lgan. Agar shunday paytda, uyda ikki-uch kishi peshin namoziga jamoat bo‘lsak, azon va takbir aytmaymizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shar’iy uzr bo‘lsa, jumaning o‘rniga peshin o‘qisangiz bo‘ladi. Shar’iy uzr bo‘lmasa, jumaga bormaganingizga gunohkor bo‘lasiz. Iloji bo‘lsa, masjidda juma ado qilingandan keyin o‘qish kerak bo‘ladi. Takbir aytiladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar