Dam solishda kif-shif deyish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Dam solish ya’ni "ruqiya" bor narsa ekanini bilamiz, lekin dam solishda ma’lum bir qur’on oyatlari o‘qilganidan so‘ng dam soluvchi kif-shif deydi. Shu to‘g‘rimi bunga biror dalil bormi? Iltimos oydinlik kiritib bersalaringiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan kif-shifni arab tilida “nafs” deyiladi. Ya’ni ozroq tufugini chiqarib dam solish. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ  رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ نَاسًا مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَتَوْا عَلَى حَيٍّ مِنْ أَحْيَاءِ الْعَرَبِ فَلَمْ يَقْرُوهُمْ، فَبَيْنَمَا هُمْ كَذَلِكَ إِذْ لُدِغَ سَيِّدُ أُولَئِكَ، فَقَالُوا: هَلْ مَعَكُمْ مِنْ دَوَاءٍ أَوْ رَاقٍ؟ فَقَالُوا: إِنَّكُمْ لَمْ تَقْرُونَا، وَلَا نَفْعَلُ حَتَّى تَجْعَلُوا لَنَا جُعْلًا. فَجَعَلُوا لَهُمْ قَطِيعًا مِنَ الشَّاءِ، فَجَعَلَ يَقْرَأُ بِأُمِّ الْقُرْآنِ، وَيَجْمَعُ بُزَاقَهُ، وَيَتْفِلُ، فَبَرَأَ، فَأَتَوْا بِالشَّاءِ، فَقَالُوا: لَا نَأْخُذُهُ حَتَّى نَسْأَلَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَسَأَلُوهُ فَضَحِكَ وَقَالَ: وَمَا أَدْرَاكَ أَنَّهَا رُقْيَةٌ، خُذُوهَا، وَاضْرِبُوا لِي بِسَهْمٍ Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir guruhi arab qabilalaridan birining huzuriga kelgan edi, ularni mehmon qilishmadi. Shu asnoda birdan o‘shalarning boshlig‘ini chayon chaqib oldi. Ular: «Sizda biror dori-darmon yoki dam soluvchi bormi?» deyishdi. Shunda bular: «Sizlar bizni mehmon qilmadingiz, endi to bizga biror haq belgilamaguningizcha hech narsa qilmaymiz!» deyishdi. Ularga bir poda qo‘y belgilashdi. (Dam soluvchi) «Ummul Qur’on»ni o‘qiy boshladi va tupugini yig‘ib, suf suflay ketdi. (Boshliq) tuzalib qoldi. Ular aytilgan qo‘ylarni keltirishdi. Shunda (sahobalar): «To Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so‘ramagunimizcha olmaymiz», deyishdi. Keyin u zotdan so‘rashgan edi, u zot kuldilar va: «Uning (Fotihaning) ruqya ekanini qaerdan bilding? Ularni olaveringlar va menga ham ulush ajratinglar», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar