Izox bersangiz

Assalomu alaykum! Mana bu videoni 11-daqiqasida Ash’ariylar va Motrudiylar xaqida gap bordi. Shunga izox berib o‘tsangiz, iltimos! https://youtu.be/ai8Aemrl_Sg
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu mazhabsizlarning uslubi. Ash’ariy va moturiydiylar ham Qur’on va sunnatga nisbat beriladi. Bu kishi gaplarida o‘ziga o‘zi xilof qilgani ko‘rinib turibdi. Oldin kim o‘zini kimga nisbat berishi muhim emas, asosiysi amali va axloqi sunnatga muvofiq bo‘lishi deb, keyin ular o‘zlarini kimlargadir nisbat berishadi deb ayblayapdi. Bu kishining shogirtlari ham o‘zini Qur’on va sunnatga nisbat beradi, lekin amalida ustozining tushunchasiga ergashadi. Bu kishi o‘zidan oldingi ulamolarni inkor qilishi bilan o‘ziga etib kelgan xabarlarni ham inkor qilgan bo‘ladi. Bu kishi da’vo qilgan ilmning birortasida ash’ariy yoki moturidiy olim bo‘lmagan ilm yo‘q. Qur’on va hadisning bizgacha etib kelishidagi silsilaning deyarli har tabaqasidagi kishilar yo ash’ariy yoki moturidiydir. Bu kishi o‘zining gapida ash’ariy va moturidiylarni adashgan kullobiylar firqasiga tenglashtirib gapirdi. Bu esa ochiq-oydin zulm. Imom Moturidiy aslida ana o‘sha adashgan firqalarning e’tiqodlaridan ahli sunna val jamo’ mazhabining aqiydasini muhofaza qilgan ulug‘ olim hisoblanadilar. U kishini o‘shalarning safida ko‘rish zulmdan boshqa narsa emas. Alloh barchamizni O‘zi hidoyatda sobit qadam qilsin! Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 180 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar