Privivka

Assalomu alaykum! Men koronaga qarshi emlandim, ukol joyiga paxta qo‘yildi, keyin to‘g‘ri masjidga borib namoz o‘qidim. Keyin paxtada faqat qon izi qolgandi, lekin qon oqmagan edi, shu xolat manimcha ikki marta bo‘ldi. Savol: namozimni qayta o‘qish shartmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fiqhiy kitoblarda quyidagicha keladi:وكذا إذا وضع عليه قطنا أو شيئا آخر حتى ينشف ثم وضعه ثانيا وثالثا فإنه يجمع جميع ما نشف فإن كان بحيث لو تركه سال نقض وإنما يعرف هذا بالإجتهاد وغالب الظن وكذا لو ألقى عليه رمادا أو ترابا ثم ظهر ثانيا فتربه ثم وثم فإنه يجمع. قالوا وإنما يجمع إذا كان في مجلس واحد مرة بعد أخرى فلو في مجالس فلا تاترخانية ومثله في البحرShuningdek, (jarohatning) ustiga paxta yoki boshqa bir narsa qo‘ysa va (chiqqan narsani) shimib olsa, so‘ngra ikkinchi, uchinchi marotaba qo‘ysa. Bas, shimib olingan narsalarning barchasi jamlanadi, agar (paxta qo‘ymay) tark qilganida o‘zi oqadigan (darajada ko‘p) bo‘lsa tahorat singan bo‘ladi. Bu taammul va gumonning g‘olibi bilan bilinadi. Shuningdek, (jarohatning) ustiga kul yoki tuproq tashlasa, so‘ngra ikkinchi marotaba (chiqqan narsa) zohir bo‘lsa va yana shunday qilsa, so‘ngra yana shunday qilsa, bas, chiqqan narsa jamlanadi. Aytdilarki: Bu ish bir joyda bir necha bor sodir bo‘lsa (chiqqan narsa) jamlanadi. Agar boshqa boshqa joylarda bu ish sodir bo‘lsa jamlanmaydi. “Tatarxoniya”. “Bahr”da ham shunga o‘xshashi kelgan. (Raddul muxtor).
 Agar ukol qilish jarayonida shpritsga qon ko‘tarilgan bo‘lsa, tahorat o‘sha zahoti buzilgan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 142 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar