Zakot berish vojib bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Zakot haqida 2ta savolim bor edi savollarni saytdan izlab ko‘rganimda pul qiymati 85gr tillo miqdoriga teng bo‘lsa va 1yil o‘tsa berish vojib bo‘ladi deganini ko‘rdim. Agar menda hozir nisobga etgan pulim bo‘lsa masalan 30mln so‘m va 1 yil kutishim kerak tushunishim bo‘yicha shundaymi? Va shuning 40/1 miqdoricha zakotga ajrataman, agar menda shu pul 1yildan so‘ng miqdori kamaysa ayrim ishlarga sarflaganim tufayli 5mln bo‘lib qolsa o‘sha 30mln so‘mning 40/1 miqdoricha beriladimi yoki berilmaydimi zakot? 2. Endi shu savolimni teskarisi agar hozir menda nisobga etgan bo‘lib pulim qiymati 30 mln so‘m bo‘lsa va 1 yildan keyin aksincha ko‘paysa masalan 60mln so‘mga etsa shunda 30mln so‘mni 40/1 qismi beriladimi yoki 60mln so‘mning 40/1 qismi beriladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Nisobga etgan kundan bir yil o‘tib zakot chiqarishingiz vojib bo‘ladi.2). Keyingi o‘sha kunda nisob egasi bo‘lmasangiz zakot vojib bo‘lmaydi.3). Zakot bergan kuningizdan bir yil o‘tib qo‘lingizda qancha nisob bo‘lsa o‘shani qirqdan birini berishingiz vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 144 | Zakot