Maxramsiz qancha masofaga yursam bo‘ladi

Assalomu alaykum! Man Toshkent shaxar Uch tepa algaritmda turaman. Lekin ishim tufayliy chinozdagi, chinoz bozorga etmasdan o‘shatkacha borib kelishim kere bopqolvotti. Bugun esmga tushib qoldi man ayol kishi bo‘lsam maxramsiz uzoq yo‘lga yurishim mumkin emas ku. Taksisdan so‘rasam algaritmdan man boradigan joygacha masofa 53 km ekan. O‘zi ayol kishi maxramsiz qancha yo‘l masofagacha boroladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 88km bo‘lsa, shar’iy safar masofasi bo‘ladi. Ammo imkon boricha taksist bilan yolg‘iz mashinada qolishdan ham saqlaning. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:40 | Savol-javoblar | 184 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar