Telegramning boshqa turi

Assalomu alaykum! Bugungi kunda telegram ijtimoiy tarmog‘ining xizmatlaridan foydalanilgan boshqacha nomlangan Telegramlar ham bor. Misol uchun, "Plus", "Telegraph". Bularning hammasi Telegram bilan bir xil lekin qo‘shimcha funksiyalari ham bor. Shu kabi dasturlarning birida shunday qo‘shimcha funktsiyasi borki agar uni yoqib qo‘ysa, kimdir menga xabar yozsa va o‘chirib tashlasa yoki yozgan xabarini tahrirlab o‘zgartirsa ham menga ko‘rinib turadi (Qaysi xabarini qanday o‘zgartirdi, qaysi xabarni o‘chirib tashladi; bular ko‘rinadi). Agar men Telegramning asl versiyasini foydalansam kimdir menga xabar yozsa va keyin uni o‘chirib tashlasa yoki xabarini tahrirlasa bularning hech qaysini bilib bo‘lmaydi. O‘chirilgan yoki tahrirlangan xabarlarni bilish ba’zida foyda keltiradi, ba’zida esa qarshi tomonni hijolatga qo‘yishi mumkin. Chunki qarshi tomon adashib jo‘natib yuborgan bo‘lishi mumkin, yoki aytgan gapidan qaytib boshqacha o‘zgartib qo‘yishi mumkin. Bu qo‘shimcha funksiyali ilovani foydalanishning hukmi qanday bo‘ladi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 20:21 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar