E’tikofni qanday ado qilsa bo‘ladi?
Assalomu alaykum! E’tikofni masjidlarda o‘tirsa yaxshi deyilgan, sababi Allohning uyida shayton bo‘lmaydi deb eshitganman. Bizning masjidlarda qolib e’tikof o‘tirishga qo‘yishmaydi? Nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz bamdodning vaqti kirishidan avval masjidga kirib, e’tikofni niyat qilib o‘sha kuni shomni o‘qib chiqsangiz sunnat bo‘lgan e’tikofni ado qilgan bo‘lasiz. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi: E’tikof o‘ziga xos alohida ibodat bo‘lib, u ila banda qalb musaffoligiga, dunyoning tashvishlaridan uzilishga, Alloh taologa qurbat hosil qilishga va shu kabi ko‘pgina fazllarga erishadi.Uning ozi bir kundir.Ammo imom Muhammad rahmatullohi alayhi: «E’tikofning ozi bir oz muddat bo‘lsa ham bo‘ladi», deganlar va shunga fatvo berilgan. Shunga binoan hozirda har masjidga kirganingizda e’tikofni niyat qilib oling. Oz muddatlisini bajargan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar