Hajjomlikni kasb qilib olish joizmi?

Assalomu alaykum! Hajjomlikni o‘zi bilangina tirikchilik qilayotgan odamning qilayotgan ishi halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Ibn Abbos, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Hajjom qandoq ham yaxshi banda, qonni ketkazadi, quyilganni engillashtiradi va ko‘zni ravshanlashtiradi», deganlar», dedi».
Boshqa bir rivoyatda:
«Albatta, qaysi bir farishtalar to‘pi oldidan o‘tsalar, qon oldirishni lozim tut», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu rivoyatdagi yangicha ma’no qon olishni kasb qilib daromad topish, o‘zi va oilasi uchun xos tabib — qon oluvchi ixtiyor qilish joizligidir.
Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qon olishni kasb qilib olgan shaxs— hajjom haqida yaxshi so‘zlar aytganlaridir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qon olish tufayli etadigan foydalardan uchtasini zikr qilganlar:
1. «Qonni ketkazadi», ya’ni, qon olish orqali bemordagi xastalikka sabab bo‘layotgan qon chiqib ketadi.
2. «Quyilganni engillashtiradi» qon oldirish darajasida xasta bo‘lganlarning ko‘plarining qoni quyilib, qon tomirlari qotishib qolishi ma’lum. Qon olish tufayli qolgan qon ham suyuqlashadi, tomirlar ham yumshab qon aylanish jarayoni o‘z holiga qaytadi.
 3. «Ko‘zni ravshanlashtiradi» bu holat ham tajribalardan o‘tgan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:15 | Savol-javoblar | 152 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar