Yangi ish boshlamoqchiman

Assalomu alaykum! Man xozirda yangi biznes boshlash arafasida turibman, o‘tgan safargi bergan ma’lumotlaringizdan keyin tarmoqli markettingdagi barcha ishlarimni to‘xtatdim sizga raxmat, endi xozirda online biznes bo‘yicha yani telegramda reklama kanalini ochib ishlash niyatim bor yani bitta reklama kanal ochib bu kanalda xar xil turdagi misol uchun uy joy savdo, avto savdo, biznesmenlar maxsulotlarini reklama qilib albatta faqat xalollarini pul ishlasam bo‘ladimi? Man puldi sotilgan maxsulotdan emas yani dalollik qilmayman faqat mani kanalimga maxsuloti sotilishi uchun reklama bergan insondan kanalimda reklama qiberganim uchun haq olaman, ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Shariat man qilgan narsalarni reklama qilmaysiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:16 | Savol-javoblar | 160 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar