Sherigim molidan foyda olsam, halolmi?

Assalomu alaykum! Biz bir do‘konda uch kishi turli xil mollarni sotamiz. Do‘konning ijara pulini o‘rtada to‘laymiz. Ba’zida sherigim do‘konda bo‘lmagan paytda moliga xaridor kelganda eng arzon sotiladigan narxidan qimmatroq sotib, misol uchun oltmish ming so‘mlik molni savdolashib ellik ming so‘mga beriladi, men ellik besh mingga sotib besh ming foyda olsam halol bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalikka bormang. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar