Homilani nobud bo‘lishi
Assalom alaykum! Meni 4 kun oldin 3,5 oylik (14 haftalik) homilam nobud bo‘ldi. Shu muddatdagi homilaga jon ato etilgan, ruh kirgizilgan bo‘ladimi? Nobud bo‘lgan farzandimni narigi dunyoda ko‘ra olamanmi? Farzandimni nobud bo‘lishini Allohdan deb bilaman yoki o‘zim ham sababchimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ruh 4 oy bo‘lganda kiradi. Bunday suratda “Allohim bundan yaxshisini ato qilgin” deb duo qilish, musibatga sabr qilib savob umid qilish kerak bo‘ladi. حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ الْحَكَمِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ أَنَّهُ سَمِعَ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: اشْتَكَى ابْنٌ لِأَبِي طَلْحَةَ - قَالَ - فَمَاتَ وَأَبُو طَلْحَةَ خَارِجٌ، فَلَمَّا رَأَتِ امْرَأَتُهُ أَنَّهُ قَدْ مَاتَ هَيَّأَتْ شَيْئًا وَنَحَّتْهُ فِي جَانِبِ الْبَيْتِ، فَلَمَّا جَاءَ أَبُو طَلْحَةَ قَالَ: كَيْفَ الْغُلَامُ؟ قَالَتْ: قَدْ هَدَأَتْ نَفْسُهُ، وَأَرْجُو أَنْ يَكُونَ قَدِ اسْتَرَاحَ. وَظَنَّ أَبُو طَلْحَةَ أَنَّهَا صَادِقَةٌ، قَالَ: فَبَاتَ، فَلَمَّا أَصْبَحَ اغْتَسَلَ، فَلَمَّا أَرَادَ أَنْ يَخْرُجَ، أَعْلَمَتْهُ أَنَّهُ قَدْ مَاتَ، فَصَلَّى مَعَ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم ثُمَّ أَخْبَرَ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بِمَا كَانَ مِنْهُمَا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «لَعَلَّ اللهَ أَنْ يُبَارِكَ لَكُمَا فِي لَيْلَتِكُمَا». قَالَ سُفْيَانُ: فَقَالَ رَجُلٌ مِنَ الْأَنْصَارِ: فَرَأَيْتُ لَهُمَا تِسْعَةَ أَوْلَادٍ كُلُّهُمْ قَدْ قَرَأَ الْقُرْآنَ Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: «Abu Tolhaning bir o‘g‘li betob edi. Abu Tolha yo‘qligida u vafot etdi. Ayoli uning vafot etganini ko‘rgach, nimanidir tayyorladi va uni uyning bir chetiga qo‘yib qo‘ydi. Abu Tolha kelib: «Bola qanday?» dedi. (Ayoli): «Joni tinchidi, engil tortdi deb umid qilaman», dedi. Abu Tolha uni rost aytdi deb o‘yladi. U tunni o‘tkazib, tong ottirgach, g‘usl qildi. Endi chiqib ketmoqchi bo‘lganida ayoli unga (bolaning) vafot etganini bildirdi. Abu Tolha Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan namoz o‘qib, so‘ng u zotga oralarida bo‘lib o‘tgan ishning xabarini berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shoyad, Alloh bu kechangizga baraka bersa», dedilar». Sufyon aytadi: «Ansorlardan bir kishi: «Ularning to‘qqizta farzandini ko‘rdim, hammalari Qur’onni yodlagan edi», degan». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِذَا مَاتَ وَلَدُ الْعَبْدِ قَالَ اللهُ لِمَلَائِكَتِهِ: قَبَضْتُمْ وَلَدَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ، فَيَقُولُ: قَبَضْتُمْ ثَمَرَةَ فُؤَادِهِ؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ، فَيَقُولُ: مَاذَا قَالَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: حَمِدَكَ وَاسْتَرْجَعَ، فَيَقُولُ اللهُ: ابْنُوا لِعَبْدِي بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ وَسَمُّوهُ بَيْتَ الْحَمْدِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ التِّرْمِذِيُّ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir bandaning bolasi o‘lsa, Alloh farishtalariga: «Bandamning bolasini qabz qildingizmi?» deydi. «Ha», deydilar. «Uning dil mevasini qabz qildingizmi?» deydi. «Ha», deydilar. «Bandam nima dedi?» deydi. «Senga hamd va istirjo’ aytdi», deydilar. Shunda Alloh: «Bandamga jannatda bir uy bino qilinglar va uni «Hamd uyi» deb nomlanglar», deydi». Ushbu hadisni Termiziy rivoyat qilgan. Sharh: Farzandning o‘limi ota-ona uchun cheksiz musiybat ekanligi hech kimga sir emas. Chunki farzand ota-onaning bir bo‘lagi, yuragining parchasi, jigargo‘shasi, ko‘z quvonchi bo‘ladi. Shuning uchun ham farzandining o‘limiga sabr qilgan ota-onalarga katta va ulug‘ martabalar va’da qilingan. Bulardan ba’zi namunalarni yuqorida kelgan hadisi shariflardan o‘rgandik. Musulmonlar ushbu ta’limotlarni o‘zlariga singdirib olib, hayotlariga tatbiq qilganlar. Musulmonlar farzand o‘limiga sabr qilishning insoniyat tarixidagi nodir namunalarini ko‘rsatganlar. Birgina misol keltiraylik: Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ummu Sulaym roziyallohu anho Abu Anasning oldiga kelib: «Bugun sen yomon ko‘rgan narsa ila keldim», dedi. «Sen doimo huzurimga anavi a’robiyning oldidan men yomon ko‘rgan narsani olib kelaverasan!» dedi Abu Anas. «U a’robiy edi. Lekin Alloh uni tanlab olib, ixtiyor etib, Payg‘ambar qildi». «Keltirgan narsang nima?!» «Aroq harom qilindi». «Bu sen bilan mening ajrashishimiz», dedi. So‘ngra mushrik holda o‘lib ketdi. So‘ngra Abu Talha roziyallohu anhu Ummu Sulaymning oldiga keldi. Ummu Sulaym unga: «Modomiki mushrik ekansan, senga tegmayman», dedi. «Yo‘q. Bu sening istaging emas». «Mening istagim nima?» «Sening istaging sariq (oltin) bilan oq (kumush)da». «Albatta, men guvohlik beraman va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ham guvoh qilamanki, agar sen musulmon bo‘lsang, sening Isloming tufayli roziman. Ey Anas, tur! Amakingni boshlab bor!» dedi Ummu Sulaym. U (Abu Talha) turib, qo‘lini elkamga qo‘ydi. Borib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga yaqinlashganimizda u zot bizning gaplarimizni eshitdilar va: «Mana, Abu Talha huzuringizga peshonasida Islom nuri porlab keldi!» dedilar. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salom berdi va: «Ashhadu allaa ilaaha illallohu va anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu», dedi. Shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Islom uchun uni uylab qo‘ydilar. Ayoli unga o‘g‘il tug‘ib berdi. Bola katta bo‘lib, yo‘lga kirdi. Otasi uni juda ham yaxshi ko‘rar edi. Bir kuni Alloh taboraka va taolo bolani qabz qildi. Abu Talha kelib: «O‘g‘limning holi qanday, ey Ummu Sulaym?» dedi. «Juda yaxshi. Tushlik qilib olmaysanmi? Bugun tushliging kech qolib ketdi», dedi va unga taom taqdim qilib turib: «Ey Abu Talha, bir qavm boshqasidan vaqtinchalikka bir narsani olib tursa, u ularda Alloh xohlaganicha qolsa-da, keyin egalari qaytarib olsa, vaqtinchalik olib turganlar xafa bo‘lishi kerakmi?» dedi. «Yo‘q», dedi Abu Talha. «O‘g‘ling dunyoni tark etdi», dedi Ummu Sulaym. «Qani u?!» «Ana, yotoqxonada». U kirib, bolaning yuzini ochdi va istirjo’ aytdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, Ummu Sulaymning gapini aytib berdi. Shunda u zot: «Meni haq ila yuborgan Zotga qasamki, Alloh bu kecha bolasiga sabr qilganligi uchun uning rahmiga bir o‘g‘il bola ilqo qildi», dedilar… U bolani tug‘di. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Anasga dedilar: «Ey Anas, onangning oldiga borib, «O‘g‘lingning kindigini kesganingdan keyin unga hech narsa egizmay turib, menga yubor», dedilar, degin». U (onam) bolani ikki qo‘limga qo‘ydi. Men uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keltirib qo‘ydim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Menga uchta ajva (xurmo) keltir», dedilar. Men keltirdim. U zot ularning danagini olib tashlab, og‘izlariga solib, chaynadilar va bolaning og‘zini ochib, soldilar, bola tamshana boshladi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ansoriy-da, xurmoni yaxshi ko‘radi!» dedilar. So‘ngra: «Onangga borib, «Alloh senga bundan baraka bersin va uni yaxshi hamda taqvodor qilsin», deb ayt», dedilar». Imom al-Bazzor rivoyat qilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:58 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush