Ko‘p orzu qilish dunyoga xirs qo‘yishmi
Assalomu alaykum! Ustoz men talabaman, albatta har bir insonda orzu degan narsa bor, men kelajakda qo‘ygan maqsadlarim judayam katta, aynan soxam bo‘yicha. Men soxamni shunchaki bir vakili bo‘lib emas aynan lideri bo‘lishni hohlayman. Ular tomon intilishimda doim menda qarshi kuch paydo bo‘ladi, bu o‘tkinchi dunyo uchun shuncha harakat nega kerak degan. Alloh qodir qilganicha ibodatdamiz(davomlo qilsin InshaAlloh). Savolim bu intilishlarim agar Allohdan uzoqlashtirmasa, dunyoga xirs qo‘yish bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z sohasida puxta bo‘lishga intilish bu dunyoga hirs qo‘yish degani emas. عن عائشة رضي الله تعالى عنها قالت : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم " إن الله يحب إذا عمل أحدكم عملاً أن يتقنه رواه البيهقي Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo biringiz biror ishni qilsa uni puxta qilishini yaxshi ko‘radi” dedilar.
Bayhaqiy rivoyati. عَنْ أَبِى الأَشْعَثِ عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ قَالَ خَصْلَتَانِ سَمِعْتُهُمَا مِنْ رَسُولِ اللَّهِ -عليه الصلاة والسلام- « إِنَّ اللَّهَ كَتَبَ الإِحْسَانَ عَلَى كُلِّ شَىْ... . رواه مسلم Shaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Ikki xislat borki men ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman: “Albatta Alloh taolo har bir narsaga ehsonni bitgandir.”
Hadisi sharifda aytilgan “ehson” bu bir maqom bo‘lib, “ishni puxta qilish”ni ham o‘z ichiga oladi, balki undan ham kengroqdir tushunchadir. Unga mol-dunyo jamg‘arib uni ehson qilish ham, mansab topib undan musulmonlar manfaati uchun foydalanish ham, amri-ma’ruf nahiy munkar qilish ham, manfaatli ilm o‘rganib uni boshqalarga etkazish ham, insonlarning jamiki hojatlarini chiqarish ham, ularning og‘irini engil qilish, g‘amlarini aritish, muhtojmandlarga ko‘mak berish, kasallarini borib ko‘rish ham, yo‘qotgan narsalarini topib berish, biror ish bajarayotganga yoki hali hunarda no‘noqlarga ko‘maklashish ham kiradi. Kimki Allohning roziligini istab shu ishlarni bajarsa, o‘z sohasida puxta bo‘lishga intilsa u Allohning muhabbati tomon say’ qilayotgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 167 | Ta’lim va muta’allim