Qarzga olingan mahsulotni puli qolib ketgan

Assalomu alaykum! Men bitta narsaga shubha qilib turibman: taxminan bir yilchala oldin magazinga ro‘zg‘orga kerakli bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilishga borgandim naxt pul bo‘lmagani uchun plastikdan(plastik dadamniki edi) to‘lamoqchi edim. Lekin o‘zimni aybim bilan plastik kodidagi 1 ta raqamini bilmay xato aytib qo‘ygandim. sotuvchi o‘sha kodni qayta-qayta terurib kodga tushirib qo‘ydi. U plastik aslida Qashqadaryodagi bankdan olingan edi. Endi o‘sha bankga borib ochishga to‘g‘ri kelgandi. Men mahsulotlarni toshkentdan xarid qilganidim. Sotuvchi mahsulotlarni ertaga olib kelish sharti bilan berib yuborgandi. Lekin ishla bilan bo‘lib qarzga mahsulot olganligim esimdan chiqib qolib 1 yildan so‘ng esimga kelib qolganidi. Qancha qarz olganligim sal esimdan chiqib qolganidi 37.5 yoki 38 ming edi men kam berib qo‘ymay degan maqsadda 38 ming berganidim. Shu ishim to‘g‘ri bo‘lganmi yoki yo‘qmi shuni bilmoqchidim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qanday qilib bo‘lsa ham qarzingizni berib rozi qilsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar