Istig‘forni ko‘p aytish

Assalomu alaykum! Istig‘forni qancha ko‘p aytsam shuncha ishlarim orqaga ketyapti, buni qanday tushunishim kerak? Ibodatlarim uz vaktida, xaromdan tiyilaman kuldan kegancha, kerakmas gaplarni gapirmaslikka xarakat kilaman. Istigforni davom ettiraymi yo tuxtataymikan degan xayollar kela boshladi. Men iloji boricha sabr kilishka xarakat kilayapman, Alloh taolo balo yuborib gunoxlarimni kechirayapti deb umid kilib. 4 oylardan beri sunnat namozlarini urniga kazo namozlarimni ukiyapman, chunki kazolarni ukish vojib ekan va men musofirda talabaman, xam farz, xam kazo, xam sunnatni ukisam ukishlarimga ulgurmay kolaman, 1 soat ilm olish 1 kun nafl ibodatdan afzal deganlarini eshitkanman ibni Abbos r.a. ni. Shu sunnatni ukimaetkanim sabab bulishi mumkinmi? iltimos shuni sababini tushuntirib bersalariz. Alloh xak subxanaxa va taolo firdavsda birga bulishligimizni nasib kilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istig‘forni ham, ravotib sunnatlarni ham tark qilmang. Alloh taolo "Fajr" surasida marhamat qiladi:فَأَمَّا الْإِنسَانُ إِذَا مَا ابْتَلَاهُ رَبُّهُ فَأَكْرَمَهُ وَنَعَّمَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَكْرَمَنِ۝وَأَمَّا إِذَا مَا ابْتَلَاهُ فَقَدَرَ عَلَيْهِ رِزْقَهُ فَيَقُولُ رَبِّي أَهَانَنِ۝ 15. Bas, qachon insonni Robbisi sinash uchun ikrom qilsa va ne’mat bersa, «meni Robbim ikrom qildi», deydir.
16. Bas, qachon Robbisi sinash uchun rizqini tor qilib qo‘ysa, u «Robbim meni xorladi», deydir. 

Kishilarda boylik va kambag‘allik haqida noto‘g‘ri tushuncha bor. U ham bo‘lsa boylikni Alloh tarafidan izzat-ikrom, Alloh roziligining alomati, yaxshi ko‘rgani uchun mol-dunyo berdi, deb e’tiqod qiladilar.
Aksincha, kambag‘allikni esa Alloh tarafidan xo‘rlash, xush ko‘rmaganlik alomati, deb tasavvur qiladilar. Aslida esa undoq emas.Alloh taolo molu dunyo, boylikni yaxshi ko‘rgan bandasiga ham, yomon ko‘rgan bandasiga ham beraveradi, shuningdek, yaxshining ham, yomonning ham rizqini tor qilib qo‘yishi mumkin. Boylik Alloh tarafidan bo‘lgan izzat-ikrom emas, balki imtihon–sinovdir, shuningdek kambag‘allik ham. Sinovdan maqsad esa Allohning itoati: banda boy bo‘lsa, shukr qilib, boylikni Alloh ko‘rsatgan yo‘lga sarflaydimi, yo‘qmi? Yoki kambag‘al bo‘lsa, sabr qiladimi, yo‘qmi? (“Tafsiri hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:37 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar