Ayolga e’tiborsizlik

Assalomu alaykum! Oldinlari shahvatimni boshqarolmay turli nojoiz ishlarga qo‘l urar edim. Yaqinda Allohning rahmati ila bu ishdan butunlay qutuldim Alhamdulillah. Hattoki ko‘chada nomahramlarga ko‘zim tushsa, qarash muddati bir soniyaga ham etib bormaydi. Bilamanki, men kabi yoshlar shahvatini boshqara olmaganidan tezroq uylanish payiga tushgan. Muammo shundaki, menda buning mutlaqo aksi. Uylanish, juft kabi narsalarga umuman e’tiborsizman, xuddiki ayol kishiga umuman xohishim yo‘qdek bo‘lib qolgan. Payg‘ambarimiz oldilariga uch kishi kelgani va u zotning "Kim sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas" degan hadislariga binoan o‘sha uch kishining birini holatiga tushib qoldim ("uylanmayman" degan kishi). Ustozlar to‘g‘ri yo‘lga qaytishni xohlayman. Qanday uddalasam bo‘ladi? Nasihat qiling.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz tezroq mutaxassis shifokorga ko‘rining va zarur bo‘lsa davolaning. Oila quring. Aks holda hozirgi fitnali zamonda xayolingizga ham kelmagan fasodlarga duchor bo‘lib qolish xavfi bor. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:37 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar