Qazo nomoz o‘qilishi
Assalomu alaykum! 1.Oldin namoz o‘qimayotgan paytimdagi qazo namozlarimni bamdod qazosini bamdod kirib bo‘lgach, bamdod o‘qimasimdan oldin o‘qimoqdaman, chunki bamdodni farzidan keyin namoz o‘qilmaydi deb o‘qigan edim. Peshin kirgandan keyin peshin namozi o‘qib bo‘lib peshin namozini qazosini, asr kirib esa asr namozini o‘qishdan oldin asr namozini qazosini o‘qishim to‘g‘rimi, chunki asr namozini farzini o‘qib bo‘lib nafl yoki qazo o‘qilmaydi deb bilganim uchun shu tarzda o‘qimoqdaman, shom namozi o‘qib bo‘lib shom namozining qazosini, xufton qazosini esa xufton namozimdan oldin yoki vitrdan oldin o‘qishim joizmi? 2. Nafl namozlarni va kundalik qazolarim bo‘lsa ham shu tarzda o‘qisam bo‘ladimi? 3. Bitta oldingi namozim qazo bo‘lsa keyingi vaqti kelgan namozni o‘qimasdan o‘qivolishim kerak. Qaysi payt namozi bo‘lishidan qat’iy nazar, shu to‘g‘rimi? 4. Va bamdodni qazosi peshingacha o‘qilsa sunnati va farzi ado etilishi kerak, peshindan o‘tib qolsa va oldingi qazolarni ham bamdodning faqat farzi qazo o‘qiladimi? 5. Oldingi qazo namozlarni oxirgi qazo namozim deb niyat qilinishini o‘qigan edim va oxirgi qazo namozlarning 3-4 rak’atli farzlarni 3-4 rak’atlariga zam sura qo‘shilib o‘qilishini ham o‘qigan edim. Aniq kunini bilmaganimiz uchun shu tarzda o‘qiladimi? Javob uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri.
2). Qazolaringizni tezroq o‘qib tugating.
3). Bu sohibi tartiblarning holati. Sizniki emas.
4). Ha.
5). Ha. Siz aytgan holat qazolarini tugatishi arafasida bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 856 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri.
2). Qazolaringizni tezroq o‘qib tugating.
3). Bu sohibi tartiblarning holati. Sizniki emas.
4). Ha.
5). Ha. Siz aytgan holat qazolarini tugatishi arafasida bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 856 | Islam