Instagram

Assalomu alaykum! Hozirda instagramda juda ko‘p hijobli ayol qizlani rasmi ko‘paygan bazilari yolgiz bazilar turmush o‘rtog‘i bilan rasmga tushib instagramga qo‘yishgan. Ularga etiroz bildirse " islom va hijob foydasi uchun hijobda qizla va oilali ayol eri bilan baxtli va chiroyli ko‘rinish mumkunligi uchun ko‘rsatib hijob o‘rashi odamlaga chiroyli qilib tushuntirib ko‘rsatib bervommiza dib etishvotti. Hijobni bu xolatda odamlaga reklama qilish bu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimiz unday yo‘llar bilan yordam berishga muhtoj emas.
Ayol kishining yuzi avrat emas. Ammo bu yuzni doimo barchaning oldida xohlaganicha ochib yuraversin degani emas. Fitna o‘rni bo‘lsa, chiroyi bilan boshqa erlarni xotinidan sovutishidan qo‘rqilsa, yuzini ulardan berkitishi lozim. Agar bu ishni atayin boshqalarni o‘ziga rom qilish uchun qilsa gunoh yozilishi tayin. Qolaversa kiyimni o‘ta tor, qomatni bildirib turadigan shaklda kiyib olsa fitna-ustiga fitna bo‘ladi. Ayol kishi suratga tushib ijtimoiy tarmoqqa joylashdan oldin buning oqibatini o‘ylab ko‘rsin. “Hijobga targ‘ib qilmoqdasan” deb iblis uni tuzoqqa tushurmasin. Qiyomatda o‘zining atrofidagi yoki dunyoning narigi burchagidagi tanigan-tanimagan odamlari unga xusumatchi bo‘lib kelsa, “oilamni  sen buzgansan” deb o‘z gunohlarini yuklab ketsa ajablanmasin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:37 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar