Hayz vaqtidagi jinsiy aloqa

Assalomu alaykum! Bir kishida eshitib qoldim er ayolini hayz vaqtida yoki boshqa vaqtlarda orqasiga jinsiy aloqa qilsa bo‘lar ekan faqat urug‘ini to‘kmasa bo‘ldi ekan buni aytgan domla bu borada hadisdan misol qilib gapirgan emish shu gap rostmi agar rost bo‘lsa o‘sha hadisni ayta olasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kishi noto‘g‘ri eshitgan ko‘rinadi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَمَنْ أَتَى حَائِضًا أَوِ امْرَأَةً فِي دُبُرِهَا أَوْ كَاهِنًا فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَرَوَاهُ التِّرْمِذِيُّAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim hayzli ayolga yaqinlik qilsa yoki ayol kishining orqasidan yaqinlik qilsa yoxud folbinga borsa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi», dedilar».
 
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisda uch narsa kufr ish hisoblanmoqda:
1. Hayz ko‘rib turgan ayolga jinsiy yaqinlik qilish.
2. Ayol kishiga orqasidan yaqinlik qilish.
3. Folbinga borib, uning gapini tasdiqlash.
Bu erdagi kufr Islom dinidan chiqaradigan kufr bo‘lmay, balki musulmon odam qilishi mumkin bo‘lmagan, kofir odam qiladigan ishni qilishdir. Taqiqlangan bu uch ishni qilish shariat amriga kufr keltirish, deganidir.
Shuning uchun ham mo‘min-musulmon erkak-ayollar bu ishda o‘ta hushyor bo‘lishlari, hayz paytida jinsiy yaqinlik qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim. Erkaklar hech qachon bu ishga xotinlarini majbur qilmasinlar. Shariat bo‘yicha hayz ko‘rgan ayollarga o‘ziga oro berib, pardoz-andoz qilmaslik, chiroyli kiyimlarini kiyib, eriga ko‘rinmaslik, eri huzurida shahvatni qo‘zg‘atadigan gap-so‘z yoki qiliqlar qilmaslik tavsiya etiladi.
Hayz paytida sodir bo‘lgan jinsiy yaqinlik uchun kafforot berish vojib, degan ulamolar, «Xotin kishi o‘sha ishga sabab bo‘lsa, mone’lik qilmasa, gunohkor bo‘ladi va kafforot to‘laydi», deganlar.
Islom hayvoniy nafsi va shahvati uchun o‘z sog‘ligiga zararli ish qilgan odamni aybdor hisoblaydi. Chunki Islom bo‘yicha kishi nafsining ham unda haqqi bor.
Shuningdek, uning sog‘ligida oila a’zolarining va jamiyatning ham haqqi bor. Mana shu asosga binoan, hayz paytida jinsiy yaqinlikka sharoit yaratgan ayol ham aybdor hisoblanadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar