Spirt

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz “Rayhon” kafesidan og‘izga sepadigan sprey olgandik. Ulardan spirt yo‘qmi deb xam so‘ragandik, bir sepib xam ko‘rdim, shunchalik mayda yozilgan ekanki boshida o‘qigan odam bilmaydi, sinchiklab qaralsa ko‘rish mumkun. Unga  etil spirti deb yozilgan ekan. Shu payt birinchi o‘zimni aybladim, keyin borib qaytarib berib, spirtsiz deb sotgan odamni topib “nega bunday deding” deb so‘rashimiz bilan u “men ham bilmas edim” deb uzur so‘radi. Men nima qilay ustozlar, harom istemol qilib qo‘ydim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabida uni yutish harom hisoblanadi. Tashqi yo‘l bilan foydalanish harom emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar