Ursam gunoh bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Musulmon odamni urush gunoh buni bilaman, lekin mahallamizga begona yigitlar kelib yosh qizlarni miyasini zaharlab uchrashuvga chiqaradi. Bu holatni birnecha bor ko‘rdm o‘zim ham ushlab oldim, avvaliga ogohlantirdm foydasi bolmadi. O‘zi tabiatan jahldor bolaman yana ushlab olsam mayib qib qo‘yishimdan qo‘rqaman. Qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Urish chora emas. Siz avval ularni tarbiyaga chaqiring, ota onasiga tushuntiring. Ularni kelishiga sababchi bo‘layotgan qizlarni ham ota-onalari tarbiyalashi kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:15 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar