Omonatni egasini topolmaslik

Assalomu alaykum! Kimdir birovni omonatiga xiyonat qilgan. Ammo u kimni omonatiga va qanaqa omonatga xiyonat qilgani esida yo‘q. Lekin xuddi kimnidir omonatiga aniq xiyonat qilganday his qilib qiynaladi abadiy jahannamda qolishdan afsuslanadi omonatini bo‘ynidan soqit qilishni xoxlaydi ammo kim qanaqa omonat esida yo‘q. Bu holatdagi odamga shariatimizda omonatini soqit qilsh uchun qanday yo‘llar bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gumonicha kimni haqqi menda bo‘lsa o‘shaning nomidan deb sadaqa qilsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 183 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar